MOSAIC 730 – Keramika va mozayka plitkalari uchun kley

MOSAIC 730 – Keramika va mozayka plitkalari uchun kley

Все

MOSAIC 730 – Keramika va mozayka plitkalari uchun kley

Xususiyatlar

Расход воды
5–5.8 л
Срок годности
12 месяцев
Ulashish:

TAVSIF

Eski keramika va mramor plitkalar ustidan, shuningdek styajka va beton yuzalariga qo‘llash mumkin. Yopiq va ochiq joylarda, gorizontal va vertikal yuzalarda, basseyn, banya, suv rezervuarlari va nam xonalarda ishlatishga mo‘ljallangan. Tarkibi sement, zaruriy ekstra kimyoviy dobavkalar va polimerlardan iborat. Haroratning keskin o‘zgarishi va muzlashga chidamli.

QO‘LLANILISHI

Qo‘llashdan oldin yuza chang, yog‘, bo‘yoq va shunga o‘xshash moddalardan tozalanishi kerak. Agar yuza harorati +25°C dan yuqori bo‘lsa, yuzani suv bilan namlash lozim.

  1. Bir qop (25 kg) quruq aralashma 5–5,8 litr suv solingan idishga ehtiyotkorlik bilan solinadi.

  2. Komoklar yo‘qolguncha, asosan mikser yordamida yaxshilab aralashtiriladi.

  3. Rastvor 10 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. So‘ngra ishlatishdan oldin yana 5–10 daqiqa aralashtiriladi. Rastvor yuzaga bosib suriladi va mos keladigan tishli masterok (grebenka) bilan tekislanadi. Plitkalarni tekislangan rastvor ustiga 15–20 daqiqa ichida yopishtirish kerak. Tayyor bo‘lgan rastvorni 2–3 soat ichida ishlatish zarur. Aks holda, unga qo‘shimcha suv yoki quruq aralashma qo‘shib ishlatish mumkin emas. Choklarni to‘ldirish (zatirka qilish) 24–48 soatdan keyin amalga oshiriladi.

TEXNIK XUSUSIYATLARI

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar +23°C (±2) harorat va 50% (±5) namlik sharoitida haqiqiydir. Tashqi parametrlarga qarab bu qiymatlar o‘zgarishi mumkin. Ishlatish harorati: +5°C dan +35°C gacha. Plitka o‘lchamiga qarab sarf (rasxod): 4–5 kg/m².

UPAKOVKA VA SAQLASH

Upakovka turi: 25 kg qog‘oz qoplar. Quruq joyda, original upakovkada saqlanganda yaroqlilik muddati — 12 oy. Maksimum 10 qop balandlikda taxlashga ruxsat beriladi.

XAVFSIZLIK

Quruq aralashmaning asosi sement tashkil etuvchilaridan iborat. Changini yutmang, teri va ko‘zga tushishidan saqlaning.

Bepul

Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling

O'xshash mahsulotlar

Basalt 200 – Kuchaytirilgan kley

Basalt 200 – Kuchaytirilgan kley

Yelimlar

GAZEBLOCK 220 – Kladka rastvori

GAZEBLOCK 220 – Kladka rastvori

Yelimlar

EXTRA 700 – Kuchaytirilgan kley

EXTRA 700 – Kuchaytirilgan kley

Yelimlar

NÖRMEN 300 — Plitka kleyi

NÖRMEN 300 — Plitka kleyi

Yelimlar