
GAZEBLOCK 220 – Kladka rastvori

Tavsif: Gazobeton uchun kley – GAZEBLOCK 220 Ushbu kley tarkibi penobeton, gazobeton, gazosilikat va boshqa bloklarni terish (kladka) imkonini beradi.
QO‘LLANILISH SOHASI
Aralashma quyidagilar uchun mo‘ljallangan:-
Gazobeton va penobeton, keramzit va shlakobloklar, g‘isht terish (kladka qilish);
-
Devor yuzalarini tekislash va shpatlevka qilish;
-
Keramika plitkalarini (kafel) yopishtirish.
AFZALLIKLARI (USTUNLIKLARI)
-
Plastiklik va mayda fraksiya
Materialning plastikligi va mayda to‘ldiruvchisi (0,63 mm dan oshmaydi) chok qalinligini 2–3 mm qilish imkonini beradi. Bu sarfni (rasxodni) kamida 4 baravar kamaytiradi, chok qalinligining kamayishi esa issiqlik yo‘qotilishini (xolodny mostik) yo‘q qiladi. -
Kam suv talab qilishi
Bir qop quruq kleyga (25 kg) atigi 5,5 litr suv kerak bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, gazobeton namligi sezilarli darajada oshmaydi. -
Barqaror sifat
Kley rastvorining tarkibi har doim bir xil bo‘lib, bir xil yopishish ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi. -
Sovuqqa chidamlilik
Aralashma tarkibiga antifriz dobavkalar kiradi, bu unga sovuqqa va namlikka chidamlilik beradi. -
Universallik
Kleydan shpatlevka sifatida foydalanish mumkin. Bu qoldiqlar paydo bo‘lishining oldini oladi. -
Qulaylik
Ish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha miqdorda tayyorlab olish oson. -
Qishki mavsum
Gazobeton uchun maxsus qishki kleylarning mavjudligi sovuq vaqtda ishlash imkonini beradi. -
Siqilmaslik (Usadka)
Kley quriganda cho‘kmaydi (usadka bermaydi).
QANDAY TO‘G‘RI FOYDALANISH KERAK
-
Issiq joyda saqlash kerak (+5°C dan past bo‘lmagan);
-
Iliq suv bilan aralashtirish kerak (+40°C gacha);
-
Gazobeton qor bilan qoplangan bo‘lmasligi kerak (bu namlikni oshiradi va kley xususiyatlarini pasaytiradi);
-
Kley shpatellari yoki karetkalarni iliq suvda tutish kerak;
-
Idishlarni (vedro) faqat kley uchun ishlatish kerak, aks holda yirik aralashmalar tushishi mumkin. Bu kley kuchiga ta’sir qilmasa ham, qatlam qalinligiga ta’sir qiladi (natijada pere-rasxod bo‘ladi).
ASOSNI TAYYORLASH
Yuza chang, qolip moyi (opalubka yog‘i), bo‘yoq va shunga o‘xshash moddalardan tozalanishi kerak. Asos va atrof-muhit harorati +5°C dan +30°C gacha bo‘lishi kerak. Rastvor surishdan oldin asos yuzasini namlash zarur. Notekis yoki kuchli shimuvchi yuzalarga (penobeton, gazobeton, eski g‘isht kladkasi) chuqur singuvchi gruntovka surish tavsiya etiladi.RASTVOR TAYYORLASH
Ishlatiladigan material harorati +5°C dan past bo‘lmasligi kerak. Kley tarkibi taxminan 5 kg quruq aralashmaga 1 litr suv nisbatida tayyorlanadi. Bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtirilgach, 5 daqiqa kutiladi va qayta aralashtiriladi.ISHLARNI BAJARISH TARTIBI
Toza bloklarga (chang, loy, yog‘ dog‘larisiz) gazobeton kleyi minimal qatlam bilan suriladi. Kladka paytida chok qalinligi 2–4 millimetrdan oshmasligi kerak. Ortiqchasi darhol olib tashlanadi yoki qotgandan keyin masterok yordamida kesib olinadi. Bloklar holatini taxminan 10 daqiqa ichida to‘g‘irlash (korrektirovka) mumkin (rezina bolg‘a bilan urish ruxsat etiladi). Yuza yengil urish yo‘li bilan tekislanadi.KAFOLAT VA SAQLASH
Butun original qadoqda (upakovkada) kafolatlangan saqlash muddati — ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Yaroqlilik muddati — 12 oy. Quruq xonalarda, qoplarga namlik tushishini istisno qilgan holda saqlang. Mahsulotni transportirovka qilish qadoqning butunligini va namlikdan himoyalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma tavsiya xarakteriga ega va ish bajaruvchining professional tayyorgarligi o‘rnini bosmaydi. Yo‘riqnoma hamda saqlash va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinmaganda, ishlab chiqaruvchi bajarilgan ishlarning sifati uchun javobgar emas.Bepul
Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling
O'xshash mahsulotlar
EXTRA 700 – Kuchaytirilgan kley
Yelimlar
QO‘LLANILISH SOHASI: Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika, keramogranit plitkalarni, hamda suv shim…
NÖRMEN 300 — Plitka kleyi
Yelimlar
QO‘LLANILISH SOHASI: Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika plitkalarni gorizontal va vertikal shtuka…
GRANITED 720 – Keramika plitkalari uchun kley
Все
QO‘LLANILISH SOHASI: Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika, keramogranit plitkalarni, hamda suv shim…




