
NÖRMEN 300 — Plitka kleyi

QO‘LLANILISH SOHASI
Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika plitkalarni gorizontal va vertikal shtukaturka qilingan, beton va g‘ishtli asoslarga yopishtirish uchun mo‘ljallangan. Kley keng qamrovli qurilish rastvori hisoblanadi: undan yuzani 5 mm gacha qalinlikda tekislash va kladka rastvori (g‘isht terish) sifatida foydalanish mumkin. Ichki va tashqi ishlar uchun.ASOSNI TAYYORLASH
Asos mustahkam, chang, kir, yog‘ va shu kabilardan yaxshilab tozalangan bo‘lishi kerak. 5 mm dan chuqur notekisliklar avval shtukaturka aralashmalari bilan tekislanishi lozim. Ish boshlashdan oldin kuchli shimuvchi asoslarga chuqur singuvchi gruntovka surish tavsiya etiladi.RASTVOR TAYYORLASH
-
O‘lchangan miqdorda suv oling (25 kg qop uchun 4,75–5,5 l);
-
Aralashmani suvga soling;
-
Qurilish mikseri yoki maxsus nasadkali drel yordamida bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring;
-
Rastvor yetilishi uchun 5–10 daqiqa texnologik pauza qiling;
-
Qayta aralashtiring. Shundan so‘ng, kley 3 soat davomida (vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilganda) foydalanishga tayyor bo‘ladi.
ISHLARNI BAJARISH TARTIBI
Kley rastvori tayyorlangan asosga tishli shpatel (greblyonka) yordamida suriladi. Rastvorni shunday maydonga surish kerakki, unga 15 daqiqa ichida plitka yopishtirib ulgurilsin. Kley surilgandan so‘ng, plitka asosga qo‘yiladi va bosiladi. Yopishtirilgandan keyin 10 daqiqa ichida plitka holatini to‘g‘irlash (korrektirovka qilish) mumkin. Plitka oralari (choklar) yopishtirish jarayonidayoq darhol tozalanib borilishi kerak. Choklarni to‘ldirish ishlari (zatirka) kley to‘liq qurigandan so‘ng amalga oshiriladi (qurish vaqti 12 dan 24 soatgacha). Polga yotqizilgan plitkalar ustida yurishga plitka yopishtirilgandan kamida 24 soat o‘tgach ruxsat etiladi. To‘liq ekspluatatsiya yuklamasini (nagruzkani) 3 kundan keyin berish mumkin. Asboblar ishlatilgandan so‘ng darhol suv bilan tozalanadi.XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Quruq aralashma tarkibida sement bor. Suv bilan aralashtirilganda mahsulot ishqoriy reaksiya beradi. Teri ta’sirlanishining oldini olish uchun rastvorning tananing ochiq joylariga tegishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘zga tushganda darhol suv bilan yuving, zarurat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling. Yuqoridagilardan tashqari, qurilishdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilish lozim.KAFOLAT VA SAQLASH
Butun original qadoqda (upakovkada) kafolatlangan saqlash muddati — ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Yaroqlilik muddati — 12 oy. Quruq xonalarda, qoplarga namlik tushishini istisno qilgan holda saqlang. Mahsulotni transportirovka qilish qadoqning butunligini va namlikdan himoyalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Vertikal holda maksimum 10 qop balandlikda taxlashga (skladirovka qilishga) ruxsat beriladi. Ishlab chiqaruvchining quruq aralashmani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi tavsiya xarakteriga ega va ish bajaruvchining professional tayyorgarligi o‘rnini bosmaydi.Bepul
Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling
O'xshash mahsulotlar
GAZEBLOCK 220 – Kladka rastvori
Yelimlar
Tavsif: Gazobeton uchun kley – GAZEBLOCK 220 Ushbu kley tarkibi penobeton, gazobeton, gazosilikat va boshqa b…
EXTRA 700 – Kuchaytirilgan kley
Yelimlar
QO‘LLANILISH SOHASI: Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika, keramogranit plitkalarni, hamda suv shim…
GRANITED 720 – Keramika plitkalari uchun kley
Все
QO‘LLANILISH SOHASI: Aralashma kichik va o‘rta o‘lchamdagi keramika, keramogranit plitkalarni, hamda suv shim…




