GLATTER 120 – Gipsli shpatlevka

GLATTER 120 – Gipsli shpatlevka

Shpaklevkalar

GLATTER 120 – Gipsli shpatlevka

Xususiyatlar

Упаковка
20 кг
Расход воды
7–8 л / 20 кг
Толщина слоя
до 25 мм (стены), до 15 мм (потолки)
Время высыхания
5–9 часов
Температура работ
+5…+30 °C
Жизнеспособность раствора
60 минут
Срок годности
12 месяцев
Ulashish:

QO‘LLANILISH SOHASI

Gipsokarton va gips-tolali listlar orasidagi choklarni armirovochniy lenta (serpyanka) yordamida yopish uchun, hamda chuqurligi 15 mm gacha bo‘lgan kichik ko‘chishlar va yoriqlarni tezda ta’mirlash uchun qo‘llaniladi. Quruq xonalardagi ichki ishlar uchun mo‘ljallangan. Yuqori yopishish (adgeziya) qobiliyatiga ega. Bo‘yoq va oboy yopishtirishdan oldin gruntovka talab qilmaydigan tekis va silliq yuza hosil qiladi. Suvga va muzlashga chidamliligi yuqori. Devorlarda 25 mm gacha, shiftlarda (potolokda) 15 mm gacha qalinlikda surish mumkin. Qo‘llash oson. Mog‘or va bakteriyalar paydo bo‘lishining oldini oladi.

ASOSNI TAYYORLASH

Asos va atrof-muhit harorati +5 dan +30°C gacha bo‘lishi kerak. Asos mustahkam, chang, kir, yog‘, bo‘yoq qoldiqlaridan va shpatlevka qatlamining yopishishini susaytiruvchi boshqa moddalardan yaxshilab tozalangan bo‘lishi lozim. Notekis yoki kuchli shimuvchi asoslarga avval chuqur singuvchi gruntovka surish tavsiya etiladi.

RASTVOR TAYYORLASH

Rastvorni tayyorlash uchun:

  1. O‘lchangan miqdorda toza suv oling (20 kg uchun 7,00–8,00 l);

  2. Aralashmani suvga soling;

  3. Qurilish mikseri yoki maxsus nasadkali drel yordamida bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring;

  4. Rastvor yetilishi uchun 5–10 daqiqa texnologik pauza qiling;

  5. Qayta aralashtiring. Shundan so‘ng, shpatlevka 60 daqiqa davomida (vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilganda) foydalanishga tayyor bo‘ladi.

ISHLARNI BAJARISH TARTIBI

Shpatlevka asosga silliq po‘lat shpatel yordamida suriladi. Kichik joylarni tekislash uchun kengligi 30 sm bo‘lgan shpateldan foydalaniladi. Yalpi shpatlevkalashda bir qatlamning ruxsat etilgan qalinligi 3 mm dan oshmasligi, qisman tekislash va yamash ishlarida esa 15 mm dan oshmasligi kerak. Agar qalinroq qatlam talab etilsa, rastvor bir necha bosqichda, oldingi qatlam qotishi uchun zarur vaqt oralig‘i bilan suriladi. Qurish vaqti: 5 dan 9 soatgacha (qatlam qalinligi, harorat va namlikka bog‘liq). Qurigandan so‘ng yuza mayin najdak yoki silliqlash to‘ri (setka) bilan silliqlanadi. Gipsokarton choklarini yopish: Chokka shpatlevkaning birinchi asosiy qatlami suriladi va unga armirovochniy lenta (serpyanka) bostiriladi. Keng shpatel yordamida ustki qatlam suriladi. Qurigandan so‘ng yuza mayin najdak bilan silliqlanadi. Qotmagan material asboblardan suv bilan yuviladi, qotib qolgani esa mexanik usulda tozalanadi. Diqqat! Asboblarni yuvgandan keyin qolgan suvni shpatlevka tayyorlash uchun ishlatish mumkin emas.

XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Teri ta’sirlanishining oldini olish uchun rastvorning tananing ochiq joylariga tegishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘zga tushganda darhol suv bilan yuving, zarurat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling. Yuqoridagilardan tashqari, qurilishdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilish lozim.

KAFOLAT VA SAQLASH

Butun original qadoqda (upakovkada) kafolatlangan saqlash muddati — ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Yaroqlilik muddati — 12 oy. Quruq xonalarda, qoplarga namlik tushishini istisno qilgan holda saqlang. Mahsulotni transportirovka qilish qadoqning butunligini va namlikdan himoyalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma tavsiya xarakteriga ega va ish bajaruvchining professional tayyorgarligi o‘rnini bosmaydi. Yo‘riqnoma hamda saqlash va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinmaganda, ishlab chiqaruvchi bajarilgan ishlarning sifati uchun javobgar emas.

Bepul

Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling

O'xshash mahsulotlar

FUGENET 600 – Chok to‘ldiruvchi (Shpatlevka)

FUGENET 600 – Chok to‘ldiruvchi (Shpatlevka)

Shpaklevkalar

FASSADE 900 – Fasad shpatlevkasi

FASSADE 900 – Fasad shpatlevkasi

Shpaklevkalar

SUPER FINISH 110 – Finish shpatlevkasi

SUPER FINISH 110 – Finish shpatlevkasi

Shpaklevkalar

SUPER SATEN 100 — Gipsli shpaklevka

SUPER SATEN 100 — Gipsli shpaklevka

Shpaklevkalar