FASSADE 900 – Fasad shpatlevkasi

FASSADE 900 – Fasad shpatlevkasi

Shpaklevkalar

FASSADE 900 – Fasad shpatlevkasi

Xususiyatlar

Расход воды
6.6–7.4 л
Время высыхания
4–8 часов
Срок годности
12 месяцев
Ulashish:

Tavsif

Aralashma fasadlarni, shuningdek namlikka chidamli shtukaturka, beton, g‘isht, gazobeton asoslarni bo‘yoq va oboy ostidan tekislash uchun mo‘ljallangan. Ichki va tashqi ishlar uchun.

XUSUSIYATLARI

  • Yuqori mustahkamlik

  • Plastiklik (qulay surilishi)

  • Oson silliqlanishi (shlifovka qilinishi)

ASOSNI TAYYORLASH

Asos va atrof-muhit harorati +5 dan +30°C gacha bo‘lishi kerak. Asos mustahkam, chang, kir, yog‘, bo‘yoq qoldiqlaridan va shpatlevka qatlamining yopishishini (adgeziyasini) susaytiruvchi boshqa moddalardan yaxshilab tozalangan bo‘lishi lozim. 4 mm dan chuqur notekisliklar avval shtukaturka aralashmalari bilan tekislanishi kerak. Notekis yoki kuchli shimuvchi asoslarga avval chuqur singuvchi gruntovka surish tavsiya etiladi.

RASTVOR TAYYORLASH

FASSADE 900 rastvorini tayyorlash uchun:

  1. O‘lchangan miqdorda suv oling (20 kg qop uchun 6,6–7,4 l);

  2. Aralashmani suvga soling;

  3. Qurilish mikseri yoki maxsus nasadkali drel yordamida bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring;

  4. Rastvor yetilishi uchun 5–10 daqiqa texnologik pauza qiling;

  5. Qayta aralashtiring. Shundan so‘ng, shpatlevka 3 soat davomida (vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilganda) foydalanishga tayyor bo‘ladi.

ISHLARNI BAJARISH TARTIBI

Shpatlevka asosga silliq po‘lat shpatel yordamida suriladi. Kichik joylarni tekislash uchun kengligi 30 sm bo‘lgan shpateldan foydalaniladi. Yalpi shpatlevkalashda bir qatlamning ruxsat etilgan qalinligi 4 mm dan oshmasligi kerak. Agar qalinroq qatlam talab etilsa, rastvor bir necha bosqichda, oldingi qatlam qotishi uchun zarur vaqt oralig‘i bilan suriladi. Bir qatlamning qurish vaqti: 4 dan 8 soatgacha (qatlam qalinligi, harorat va namlikka bog‘liq). Qurigandan so‘ng yuza mayin najdak yoki silliqlash to‘ri (setka) bilan silliqlanadi. Qotmagan material asboblardan suv bilan yuviladi, qotib qolgani esa mexanik usulda tozalanadi. Diqqat! Asboblarni yuvgandan keyin qolgan suvni shpatlevka tayyorlash uchun ishlatish mumkin emas.

XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Quruq aralashma tarkibida sement bor. Suv bilan aralashtirilganda mahsulot ishqoriy reaksiya beradi. Teri ta’sirlanishining oldini olish uchun rastvorning tananing ochiq joylariga tegishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘zga tushganda darhol suv bilan yuving, zarurat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling. Yuqoridagilardan tashqari, qurilishdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilish lozim.

KAFOLAT VA SAQLASH

Butun original qadoqda (upakovkada) kafolatlangan saqlash muddati — ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Yaroqlilik muddati — 12 oy. Quruq xonalarda, qoplarga namlik tushishini istisno qilgan holda saqlang. Mahsulotni tashish (transportirovka) qadoqning butunligini va namlikdan himoyalanishni ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Vertikal holda maksimum 10 qop balandlikda taxlashga (skladirovka qilishga) ruxsat beriladi. Quruq aralashmani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma tavsiya xarakteriga ega va ish bajaruvchining professional tayyorgarligi o‘rnini bosmaydi. Yo‘riqnoma hamda saqlash va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinmaganda, ishlab chiqaruvchi bajarilgan ishlarning sifati uchun javobgar emas.

Bepul

Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling

O'xshash mahsulotlar

GLATTER 120 – Gipsli shpatlevka

GLATTER 120 – Gipsli shpatlevka

Shpaklevkalar

FUGENET 600 – Chok to‘ldiruvchi (Shpatlevka)

FUGENET 600 – Chok to‘ldiruvchi (Shpatlevka)

Shpaklevkalar

SUPER FINISH 110 – Finish shpatlevkasi

SUPER FINISH 110 – Finish shpatlevkasi

Shpaklevkalar

SUPER SATEN 100 — Gipsli shpaklevka

SUPER SATEN 100 — Gipsli shpaklevka

Shpaklevkalar