WATERSTOP 800 – Ikki komponentli gidroizolyatsiya

WATERSTOP 800 – Ikki komponentli gidroizolyatsiya

Qo‘shimchalar va Gruntovkalar

WATERSTOP 800 – Ikki komponentli gidroizolyatsiya

Ulashish:

QO‘LLANILISH SOHASI

Deformatsiya (egilish) bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslarda, nam xonalarda (vannalar, tualetlar, terrasalar), suzish havzalarida (basseyn), suv rezervuarlarida va fundament gidroizolyatsiyasida ishlatiladi.

TEXNIK XUSUSIYATLARI

(23°C harorat va 50% namlikda)

  • Ko‘rinishi

    • 1-komponent: Kulrang kukun;

    • 2-komponent: Oq suyuqlik.

  • Aralashtirish nisbati

    9 kg suyuqlik / 20 kg kukun.

  • Ishlatish vaqti

    3 soat.

  • Qoplash maydoni (Sarf)

    1,5 – 2 kg/m² (1 mm qalinlikda).

RASTVOR TAYYORLASH VA QO‘LLASH

Qop ichidagi mahsulotni (20 kg quruq aralashma) 9 kg suyuq komponent bilan aralashtiring. Quruq aralashmani to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda sekin-asta qo‘shish kerak. Past tezlikda ishlaydigan mikserdan foydalanish tavsiya etiladi. Aralashmani bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. Tayyorlangan rastvorni 5 daqiqa tindirib qo‘ying. Ishlatishdan oldin qayta aralashtiring. Rastvorni valik yoki cho‘tka yordamida ikki qavat qilib surish tavsiya etiladi. Haroratga qarab, ikkinchi qavatni surishdan oldin 5–6 soat kuting. Burchaklar va tutashgan joylarni (stiklar) kuchaytirish uchun qo‘shimcha armirovochniy setkadan foydalaning. Tayyorlangan rastvorni 3 soat ichida ishlatish zarur. Qolgan rastvorni utilizatsiya qiling (tashlab yuboring). Rastvor surilgan yuzani 1 kun davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari, yomg‘ir va changdan himoya qiling. Rastvor yupqa qatlam bo‘lib surilganligi sababli, yuzani shtukaturka, keramika yoki shunga o‘xshash himoya qoplamalari bilan yopish kerak. Ekspluatatsiya qilishdan yoki qoplama materiallari yotqizishdan oldin, rastvor surilgan yuzani kamida 3–7 kun davomida mexanik shikastlanishdan asrash lozim. Yuriladigan asoslarning ustki qatlami albatta styajka, keramika plitkalari va h.k. bilan qoplanishi shart. WATERSTOP 800® qo‘llanilgandan so‘ng keramika plitkalarini yopishtirish uchun BÜCHEN EXTRA 700®, NÖRMEN 300® yoki GRANITED 720® ishlatish tavsiya etiladi.

Bepul

Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling