
LEVEL 400 - Nalivnoy pol

XUSUSIYATLARI
-
Pastki osnovaniyadagi g‘adir-budurliklarni to‘ldiradi va silliq yuza hosil qiladi.
-
Qo‘llash oson, ortiqcha mehnat talab qilmaydi.
-
Yeyilishga chidamliligi va yuza qattiqligi yuqori.
-
Kovrolan, parket, epoksid, keramika plitkalari (kafel), PVX va boshqalar ostidan silliq yuza ta’minlaydi.
-
3–7 mm qalinlikda qo‘llaniladi.
QO‘LLANILISHI
YUZANI TAYYORLASH
Rastvor quyiladigan yuza mustahkam, toza va quruq bo‘lishi kerak. O‘ta silliq yuzalarni g‘adir-budur (nasechka) qilish lozim. Namlangan yuzaga gruntovka suriladi. Gruntovka surilgach, uning oqish rangi yo‘qolgandan so‘ng ish boshlanadi.RASTVOR TAYYORLASH VA QO‘LLASH
Suvga kukun qo‘shiladi (25 kg kukunga 5–7 litr suv) va o‘rta tezlikdagi qo‘l mikseri yordamida aralashtiriladi. 3–5 daqiqadan so‘ng suyuq rastvor yuzaga quyiladi va shpatel yordamida yoyiladi. Havo pufakchalari hosil bo‘lishining oldini olish uchun yuzaga ignali valik (igolchatiy valik) yurgiziladi. Agar ikki qavat quyish kerak bo‘lsa, birinchi qavat qurishini kutish lozim. Agar 24 soatdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, qaytadan gruntovka qilish kerak.SARF (RASXOD)
1,7 kg/m² (1 mm qalinlik uchun).UPAKOVKA VA SAQLASH
Muzlash xavfi bo‘lmagan quruq joylarda, original upakovkada, ustma-ust 10 qatordan oshirmagan holda saqlash muddati — ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil. Qop ochilgandan so‘ng 1 hafta ichida ishlatish tavsiya etiladi. Ishlatilmagan qoplarning og‘zini mahkam yopish kerak.OGOHLANTIRISHLAR
-
Tayyorlangan rastvorga har qanday begona materiallar (izvest, sement, gips va h.k.) qo‘shish taqiqlanadi.
-
Ishlatish muddati o‘tgan rastvorni suv yoki quruq aralashma qo‘shib qayta ishlatish taqiqlanadi.
-
Qoplama mustahkam bo‘lishi uchun, ob-havo sharoitiga qarab, qo‘llanilgandan so‘ng 7 kun davomida yuzani vaqti-vaqti bilan namlab turish kerak.
-
+5°C dan +35°C gacha bo‘lgan haroratda ishlash tavsiya etiladi.
-
Issiq pol (tyopliy pol) tizimlarida, tizimni ish boshlashdan kamida 48 soat oldin o‘chirib qo‘yish kerak.
-
Keng maydonlarda qo‘llanilganda tegishli oraliqlarda deformatsion choklar qoldirish tavsiya etiladi.
-
Shamollli ob-havoda tez qurib qolishdan himoya qilish kerak.
-
Muzlagan yuzalarga quyish taqiqlanadi.
-
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida ishlash taqiqlanadi.
-
Qo‘llash yuzasi va usuli bo‘yicha ko‘rsatmalardan chetga chiqmang.
-
Nafas yo‘llariga kiritmang. Ko‘zga tushganda ko‘p miqdorda suv bilan yuvib tashlang, zarurat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling.
-
Qo‘llash shartlari va texnik masalalar bo‘yicha boshqa barcha savollar yuzasidan maslahat olish uchun bizga murojaat qiling.
MUVOLFIQLIK SERTIFIKATI
Yuqoridagi ma’lumotlar laboratoriya sharoitida olingan. Batafsil ma’lumot olish uchun texnik bo‘limimizga murojaat qiling.Bepul
