
BUCHEN FUGA PREMIUM EXTRA — Kuchaytirilgan silikonli fuga 1 KG

QO‘LLANILISH SOHASI
Fuga (chok to‘ldiruvchi) devor va pol keramik plitkalari, basseynlar, marmar va kersmogranit plitalar, mozaikalar orasidagi 2 dan 6 mm gacha bo‘lgan choklarni to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. Binolarning ichki qismidagi turli namlik darajasiga ega xonalarda va binolarning tashqi qismida ishlatiladi. Deformatsiyalanmaydigan yuzalarda qo‘llaniladi. Turli namlik darajasiga ega xonalarda ichki va tashqi ishlar uchun javob beradi.XUSUSIYATLARI
-
Suvni kam shimishi
-
Chok kengligi 2-6 mm
-
Rangi o‘zgarmasligi
-
Suvga chidamlilik
ASOSNI TAYYORLASH
Asos va atrof-muhit harorati +5°C dan +30°C gacha bo‘lishi kerak. Plitka yotqizilgandan so‘ng, plitka oralaridagi choklar yotqizishda ishlatilgan eritmadan (plitka yelimidan) tozalanishi kerak. Choklarning chuqurligi bir xil bo‘lishi lozim. So‘ngra plitka yuzasi kir va changdan tozalanishi kerak. Qotib qolgan kirlar mexanik usulda, chang esa nam yumshoq mato bilan tozalanadi. Choklarni to‘ldirishdan oldin, fuganing rangi o‘zgarishini oldini olish uchun, plitka yotqizishda ishlatilgan yelim quriganligiga ishonch hosil qilish kerak. Qurish vaqti uni qo‘llash yo‘riqnomasida ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng, plitka chetlari nam gubka bilan namlanishi kerak. Mavjud plitka qoplamasining choklarini yangilashda, yangi fuga qo‘llashdan oldin eskisini butunlay olib tashlash zarur.ARALASHMANI TAYYORLASH
BÜCHEN FUGA PREMIUM EXTRA eritmasini tayyorlash uchun quyidagilar zarur:-
Aniq o‘lchangan suv miqdorini olish (20 kg qorishma uchun 4,0-4,4 l).
-
Aralashmani suvga solish.
-
Bir xil massa hosil bo‘lguncha qurilish mikseri yoki maxsus uchli drel yordamida aralashtirish.
-
Eritma yetilishi uchun 10 daqiqa texnologik tanaffus qilish.
-
Qayta aralashtirish. Shundan so‘ng, fuga vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilgan holda 40 daqiqa davomida ishlatishga tayyor bo‘ladi.
ISHLARNI BAJARISH TARTIBI
Eritma rezina shpatel yoki qirg‘ich yordamida qoplama yuzasiga surtiladi va asbobni surtish tekisligiga burchak ostida harakatlantirib, choklarga kiritiladi. So‘ngra ortiqcha eritma aralashmasi shpatel bilan plitka yuzasidan yig‘ib olinadi va choklar qayta to‘ldiriladi. 10-20 daqiqadan so‘ng ishlov berilgan yuza nam gubka bilan artiladi. 4-6 soatdan keyin plitka yuzasida qolgan quruq qoldiqlar quruq yumshoq mato bilan tozalanadi. Diqqat! Choklarni 7 sutka davomida atmosfera ta'siridan himoya qilish kerak, chunki ular fuganing qotish jarayoniga ta'sir qilishi mumkin.XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Quruq aralashma sement saqlaydi. Suv bilan aralashtirilganda mahsulot ishqoriy reaksiya beradi. Teri ta'sirlanishini oldini olish uchun eritmaning tananing ochiq joylariga tushishidan saqlaning. Ko‘zga tushganda darhol suv bilan yuvib tashlang, zarur bo‘lsa shifokorga murojaat qiling. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan tashqari, qurilishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak.KAFOLAT VA SAQLASH
Butun original qadoqdagi yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy. Quruq xonalarda, quruq aralashma qoplariga namlik tushishini istisno qilgan holda saqlansin. Mahsulotni tashish qadoqning butunligini va namlikdan himoyalanishini ta'minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak. Vertikal holda ko‘pi bilan 10 qop taxlansin. Saqlash va qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalarga rioya qilinmaganda, ishlab chiqaruvchi bajarilgan ishlarning sifati uchun javobgar bo‘lmaydi.Bepul
Ulgurji narx va ob'yektga sarfini bilib oling
O'xshash mahsulotlar
BUCHEN FUGA PREMIUM COLOR — Silikonli rangli fuga 1 KG
Fugalar
QO‘LLANILISH SOHASI: Fuga (chok to‘ldiruvchi) devor va pol keramik plitkalari, basseynlar, marmar va kersmogr…
BUCHEN FUGA PREMIUM COLOR — Silikonli rangli fuga 5 KG
Fugalar
QO‘LLANILISH SOHASI: Fuga (chok to‘ldiruvchi) devor va pol keramik plitkalari, basseynlar, marmar va kersmogr…
BUCHEN FUGA PREMIUM ELASTISCHE — Silikonli elastik fuga 1 KG
Fugalar
QO‘LLANILISH SOHASI: Fuga (chok to‘ldiruvchi) devor va pol keramik plitkalari, basseynlar, marmar va kersmogr…
BUCHEN FUGA PREMIUM ELASTISCHE — Silikonli elastik fuga 5 KG
Fugalar
QO‘LLANILISH SOHASI: Fuga (chok to‘ldiruvchi) devor va pol keramik plitkalari, basseynlar, marmar va kersmogr…




